Massivlar
Bugun biz massivlar bilan tanishamiz (inglizchada ham Array deyiladi) va ko'p miqdordagi ma'lumot bilan ishlashni o'rganamiz.
Massiv ta'rifi
Massiv - bu bir xil turdagi elementlarni ketma-ket ko'rinishda saqlashga imkon beradigan ma'lumotlar tuzilmasi. Ular dasturlashning muhim qismi bo'lib, katta hajmdagi ma'lumot bilan samarali ishlashga yordam beradi.
Oddiy qilib aytganda, massiv - bu bir vaqtning o'zida bir nechta qiymatni saqlash usuli. Avvallari biz a, b, c kabi bir-ikki-uchta o'zgaruvchidan foydalangan bo'lsak, endi hamma qiymatlarni saqlaydigan bitta massivga ega bo'lishni o'rganamiz. Massivni ichida ko'p katakchasi bo'lgan gorizontal quti deb tasavvur qilsangiz bo'ladi.
Va har bir katakchada ma'lum bir turdagi qiymat (o'zgaruvchi) joylashadi.
Massiv e'lon qilish
Massivni e'lon qilish ko'rinishi:
Massivda ikkita asosiy qism bor:
- Ma'lumot turi: massiv ichida saqlanadigan elementlarning turini belgilaydi.
- O'lcham (size): massiv nechta element saqlay olishini ko'rsatadi.
Massiv bilan ishlash
Keling, 5 ta butun sonni saqlaydigan massiv misolini ko'ramiz:
Bu misolda biz numbers massivini e'lon qildik, u 5 ta butun sonni saqlay oladi. Massivdagi har bir elementning o'z indeksi bo'ladi va indekslar 0 dan boshlanadi.
Massiv elementlariga qiymat berish
Massiv elementlariga quyidagicha qiymat berish mumkin:
Bu misolda numbers massivining 0 dan 4 gacha indeksli elementlariga qiymat berdik.
Muhim: massiv indekslari 1 dan emas, 0 dan boshlanadi. Demak, 5 ta elementli massiv indekslari: 0, 1, 2, 3, 4 bo'ladi.
Massiv elementlari qiymatini olish
Indeks orqali massiv elementlari qiymatini olish ham mumkin:
Bu misolda biz cout orqali numbers massivining 0 dan 4 gacha bo'lgan elementlarini ekranga chiqaramiz. E'tibor bering, har bir elementga kirish uchun indeksdan foydalanayapmiz.
Natija
Natija quyidagicha bo'ladi:
Massivlarda sikldan foydalanish
Massivlar sikl yordamida massiv elementlarini aylanib chiqish (traversal) va ularda turli amallar bajarishga juda qulay.
Masalan, for sikli bilan massivning barcha elementlarini chiqarish:
Bu misolda biz massiv bo'ylab yuramiz va i orqali indekslarni olib, numbers[i] ni chiqaramiz.