For sikli
Bugun biz dasturlashdagi sikllar bilan tanishamiz. Sikllar - bu muayyan amallarni bir necha marta yoki kerakli miqdorda takrorlash imkonini beradigan muhim tushuncha.
Sikllarning ikkita asosiy turi bor, ulardan biri for siklidir.
for sikli dasturda amallarni takrorlashning eng ko'p uchraydigan usullaridan biridir. U ma'lum buyruqlarni yoki kod bloklarini qayta-qayta bajarishga imkon beradi.
For sikli sintaksisi
Quyida for siklining asosiy ko'rinishi keltirilgan:
for sikli uchta asosiy qismdan iborat:
- Boshlang'ich qiymat: hisoblagichning boshlang'ich qiymatini belgilaydi.
- Davom etish sharti: sikl qachongacha ishlashini aniqlaydi.
- Qadam (step): har iteratsiyadan keyin hisoblagich qanday o'zgarishini belgilaydi.
For sikliga misol
Keling, 1 dan 5 gacha sonlarni chiqaradigan for sikliga qaraymiz:
Bu misolda biz i o'zgaruvchisini e'lon qilib, boshlang'ich qiymatini 1 ga teng qildik. Keyin i <= 5 shartini berdik, ya'ni i 5 dan katta bo'lmaguncha sikl ishlaydi. Sikl ichida biz i qiymatini ekranga chiqaramiz va har iteratsiyadan keyin i ni 1 taga oshiramiz. Bu kod ishga tushsa, 1 dan 5 gacha sonlarni chiqaradi.
Bajarilish jarayonini batafsil tushuntirish
Endi har bir qadamda nima bo'lishini batafsil ko'rib chiqamiz:
Birinchi iteratsiya (sikl birinchi marta ishlaganda)
Avval dastur i o'zgaruvchisini e'lon qiladi va i = 1 bo'ladi. So'ng i <= 5 sharti tekshiriladi. Hozir i = 1, shart rost. Shundan keyin dastur sikl ichiga kiradi va i qiymatini (1 ni) chiqaradi. So'ng qadam bajariladi: i 1 taga oshadi va endi i = 2. i++ degani xuddi i = i + 1 degani.
Ikkinchi iteratsiya
Bu safar boshlang'ich qiymat (ya'ni i = 1) qayta bajarilmaydi, darhol i <= 5 sharti tekshiriladi. Bu iteratsiyada i allaqachon 2 ga teng, chunki oldingi iteratsiyada 1 taga oshgan. Shart rost, dastur i qiymatini (2 ni) chiqaradi. So'ng i yana 1 taga oshadi va endi i = 3.
Uchinchi iteratsiya va keyingilari
Jarayon ikkinchi iteratsiyadagi kabi davom etadi. Dastur shartni tekshiradi, i ni chiqaradi, i ni oshiradi va i 5 dan katta bo'lguncha davom etadi. 6 bo'lganda shart endi rost bo'lmaydi va sikl to'xtaydi.